«Yuventus» braziliyalik vinger uchun 30 million yevro tayyorlagan

«Portu» futbolchisi Venderson Galeno «Yuventus»ning transfer maqsadiga aylandi.

Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “ajdarlar” safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. A Bola nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga hujumkor pozisiyalarini kuchaytirishga intilayotgan «Yuventus» qiziqmoqda. Italiya A seriyasining grandi “Portu” futbolchisi uchun taxminan 30 million yevro taklif qilishga tayyor.

Venderson Galenoning Portugaliya klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Mart oyida vinger Braziliya terma jamoasi safida Ispaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qildi – hozircha bu uning termadagi yagona o‘yini.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter