«Barselona» Xavi Simons variantiga 2025 yilda qaytadi

«Bavariya» yarim himoyachi Xavi Simonsni taklif qilish g‘oyasidan voz kechmadi.

«PSJ» futbolchisi shu yozda myunxenliklar safiga qo‘shilishi mumkin edi, ammo yana «RB Leypsig»ga ijaraga o‘tishga qaror qildi. Sky Sport xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi «Bavariya»ning qiziqishlari ro‘yxatida qolmoqda – klub bir yildan keyin uni transfer qilishga urinib ko‘rishi mumkin. Hujumkor yarim himoyachining o‘sha paytgacha narxi tushishi kutilmoqda, chunki uning «PSJ» bilan shartnomasi tugashiga atigi ikki yil qolgan bo‘ladi.

«Bavariya»ning 2025 yildagi asosiy maqsadi Florian Virs bo‘lib qolmoqda, ammo Leverkuzenning «Bayer» yulduzi bilan shartnoma imzolash oson bo‘lmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter