«Barselona» «Milan» iqtidorini sotib olmoqchi
«Milan»ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Mattia Liberali faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar italiyalik iqtidorli futbolchini kuzatib borishmoqda. Ular qulay imkon bo‘lsa unga taklif bilan chiqishadi.
Liberalining «rossonerilar» bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. U Italiya U-17 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/