«Barselona» «PSJ» sotib oladigan futbolchini keyinchalik ijaraga olmoqchi

Mavsumni «RB Leypsig»da o‘tkazayotgan «PSJ» yarim himoyachisi Xavi Simonsga «Barselona» qiziqmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi yozda Parij klubiga qaytadi, biroq Luis Enrike uni asosiy tarkibda ko‘ryaptimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Avval xabar qilinganidek, Simons mavsum oralig‘ida yana ijaraga ketishi mumkin va «Barselona» unga da’vogarlardan biri.

Jurnalist Devid Bernabeuning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» ustozi Xavi Ernandes 21 yoshli futbolchining qobiliyatiga juda yuqori baho beradi.

Biroq, kataloniyaliklar bu futbolchini qimmatligi tufayli sotib ololmaydilar va «PSJ» bilan munosabatlari yaxshi emasligi sababli ijara varianti qiyin bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter