Alvares «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida gapirdi
Xulian Alvares «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida gapirdi.
Avvalroq 24 yoshli argentinalik hujumchi klubdagi o‘yinidan norozi ekani va Manchesterdan ham issiqroq iqlimi bo‘lgan shaharga ko‘chib o‘tishdan xursand bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Qolaversa, «Atletiko» hujumchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
«O‘tgan mavsumda men «Siti»da eng ko‘p daqiqa o‘ynagan futbolchilardan biri edim.
Lekin yakunda muhim uchrashuvlardan chetda qolish hech kimga yoqmaydi. Men jamoa g‘alabasiga hissa qo‘shmoqchiman.
Men o‘zim uchun nimani xohlayotganim haqida o‘ylash uchun vaqt ajrataman. Ko‘ramiz», – dedi «Manchester Siti» hujumchisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/