Morata «Milan»ga o‘tish borasidagi savolga javob bermadi

Ispaniya terma jamoasining markaziy hujumchisi Alvaro Morata 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi g‘alabadan so‘ng «Milan»ga o‘tish haqidagi savolga javob bermadi.

«Evrodagi g‘alabadan rohatlanishga ijozat bering. Hozir bayram, keyin dam olish vaqti. A Seriyaga o‘tmoqchimanmi? Ko‘ramiz», – dedi Morata.

Eslatib o‘tamiz, klub miqyosida tajribali hujumchi «Atletiko Madrid»da o‘ynaydi. Alvaro va «matraschilar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan.

Transfermarkt ekspertlari Morataning bozor qiymatini 16 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter