«Selta» futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tdi

“Selta” himoyachisi Manuel Sanches faoliyatini “Alaves”da davom ettiradi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Tomonlar futbolchini 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berishga kelishib oldi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining narxini 8 million yevroga baholamoqda.

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 15 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan “Atletik” – “Xetafe” uchrashuvi bilan boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter