Borxa Igelesias La Liganing boshqa klubiga o‘tdi

«Betis» hujumchisi Borxa Iglesias klubini o‘zgartirishga va Ispaniyaning qarama-qarshi tomoniga – shimoli-g‘arbga, Vigoga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. U yerda futbolchi «Selta»da o‘ynaydi. Gap ijara shartnomasi haqida ketmoqda – o‘tgan mavsumda quyi ligaga tushib ketishdan arang qutulib qolgan klub to‘liq xarid qilish imkoniyatiga ega emas.

Borxaning o‘zi ham o‘tmishda «Selta»da o‘ynagan bo‘lsa-da, o‘sha paytda u klubda atigi ikkita o‘yin o‘tkazgan. Borxa o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Bayer»da ijara asosida o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter