Kichik Zidan «Real»ni tark etib, La Liganing boshqa klubiga o‘tishga qaror qildi

Zinedin Zidanning kenja o‘g‘li Ilyos (Elyas) Zidan «Real»ni tark etib, «Betis»ga o‘tishga qaror qildi.

Dekabr oyida u 18 yoshga to‘ldi va yangi shartnoma imzolashga qaror qildi. Ilyos keyingi uch yarim yilni Sevilya shahri klubida o‘tkazadi. Bu shuni anglatadiki, yaqin orada biz uni La Ligada «Betis» safida ko‘ramiz – aynan shuning uchun Elyaz bu harakatni amalga oshirishga qaror qildi.

Endilikda «Betis» klubi Ispaniya chempionatida yettinchi o‘rinni egallab turibdi va shanba kuni «Granada» bilan 20-tur o‘yinida maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter