«Real»ning sobiq hujumchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

«Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Sevilya»da o‘ynayotgan Mariano Dias faoliyatini Ispaniyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Todofichajes nashri yozishicha, «Las-Palmas» 30 yoshli dominikanlik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin.

Marianoning Andalusiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati ikki million yevroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Dias oltita o‘yinda gol ura olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter