«Yuventus» futbolchisi bir qarorga keldi

Himoyachi Aleks Sandro «Yuventus»ni tark etdi – uning shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

33 yoshli futbolchiga vatani Braziliyadan taklif tushgan, biroq ayni damda Sandro o‘z vataniga qaytishni istamayapti.

TodoFichajes portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, Sandro 2011-2015 yillarda o‘zi sifatli futbol ko‘rsatgan «Portu» klubiga qaytmoqchi.

Braziliyalik futbolchining Portugaliya klubiga qaytishi mumkinligi haqida muzokaralar olib borilmoqda, biroq hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter