«Real» Mendining kelajagi borasida bir qarorga keldi

Fransiyalik futbolchi Ferlan Mendi o‘z o‘yini bilan «Real» rahbariyatini hayratda qoldirdi. Xabarga ko‘ra, «qirollik» klubi 28 yoshli himoyachi bilan yangi mehnat shartnomasi tuzmoqchi.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yil oxirida yakuniga yetadi. Yangi kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Ferlanning transfer narxi 20 million yevro.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Mendi 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter