Ispaniya nashri Angliya – Niderlandiya o‘yinini boshqargan hakamni tanqid qildi

Mundo Deportivo nashri kecha Angliya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati-2024 1/2 final uchrashuvida hakamlar ishini tanqidiy baholadi.

«Keyn bilan bog‘liq vaziyatda juda g‘alati penalti belgilandi. Buning evaziga inglizlar hisobni tenglashtirishdi va kambek qilishdi. Kontakt aniq edi, lekin bu epizodda kim kimni urdi? Keyn zarba berdi va inersiya tufayli zarbani qaytarishga urinayotgan himoyachining oyog‘i bilan to‘qnashib ketdi» – deb yozadi ispan nashri.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Angliyaning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter