Kuman: «Keyn bilan bog‘liq vaziyatda penalti yo‘q edi»

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Angliya terma jamoasiga qarshi 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim final uchrashuvida hakamlar brigadasining ishidan norozi bo‘ldi.

«Keyn bilan bog‘liq vaziyatda penalti yo‘q edi. Futbolchimiz zarbani qaytarish niyatida edi. Keyin Keyn zarba berdi va ular to‘qnashadi. VARdan olingan bunday qarorlar tufayli futbol qulamoqda. Ular Premyer-ligada hech qachon bunday penalti berishmaydi», – dedi Kuman ESPN bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyin ikki bor to‘p o‘tkazib yubordi. Angliya terma jamoasi Yevropa chempionati finaliga chiqdi va u yerda Ispaniya bilan uchrashadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter