Rodri: «Futbolchilar haqida qayg‘urishingiz kerak»

Ispaniyalik futbolchi Rodri zich taqvimdan norozi bo‘ldi. Futbolchi bu bo‘yicha qandaydir chora ko‘rish kerak deb hisoblaydi.   «Odamlar faqat o‘yinni ko‘radi, lekin oldingi davr, tayyorgarlik, sayohat, mehmonxonada o‘tkazgan vaqtlar ham bor. Rostini aytsam, bu borada biror narsa qilish kerak. O‘yinlar ko‘payib bormoqda va bu to‘xtaydiganga o‘xshamaydi.   Siz futbolchilar haqida qayg‘urishingiz kerak. Men buni juda yaxshi tushunaman. Futbol biznes ekanligini bilaman, buning uchun katta pul jalb etilishini ham bilaman, lekin sportchilarga g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak bo‘lgan nuqta ham bor», – dedi ispaniyalik futbolchi.

28 yoshli xavbek o‘tgan mavsum klub miqyosida 50 ta o‘yin o‘tkazdi. U Yevropa chempionatida 5 ta uchrashuvda ham qatnashdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter