Rodri: «Busketsdan yaxshiroq bo‘lishni xohlardim»
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes o‘zini «Inter Mayami»da o‘ynayotgan Serxio Busketsga qiyosladi.
“Men Busketsdan yaxshiroq bo‘lishni xohlardim. Hozir biz barcha davrlarning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi haqida gapiramiz. Agar men uning darajasiga yaqinlasha olsam, bu yaxshi bo‘ladi», – deya Rodrining so‘zlarini keltiradi Football Espana.
Rodri 2019 yilda “Manchester Siti”ga o‘tganidan so‘ng barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi, kelasi qishda “Siti” ishtirok etadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bundan mustasno.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/