«Nottingem» «Korintians» darvozabonini sotib oldi
Karlos Migel «Nottingem Forest»ga ko‘chib o‘tdi.
Angliya klubi «Korintians» darvozaboni bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
25 yoshli Migel 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Migelning bo‘yi 204 santimetr. Tovon puli 3,3 million funtni tashkil etdi.
Braziliyalik o‘tgan hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tish va boshqa davlatga ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun Angliyaga yetib borgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/