«Barselona» APL klubidan himoyachi sotib olmoqchi

Angliyaning “Nottingem Forest” klubi himoyachisi Murillo faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Football Espana jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» yozda Jyul Kunde yoki Andreas Kristensen bilan xayrlashsa, Murillo variantiga murojaat qilishadi.

21 yoshli janubiy amerikalik futbolchi o‘tgan yilning avgust oyidan beri «Nottingem Forest»da to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Uning transfer narxi 25 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter