Morata muhim gap aytdi
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata muxlislarning o‘zi haqidagi tanqidlariga javob qaytardi.
«Terma jamoada hamma narsa qiyin bo‘ladigan paytlar bo‘ladi. Jabrlanuvchi bo‘lish haqida gapirishdan, shikoyat qilishdan allaqachon charchaganman. Men shunchaki jamoamizning yaxshi ishlashini xohlayman.
Men jamoada o‘ynashdan zavqlanyapman, chunki bu mening terma jamoadagi so‘nggi turnirim bo‘lishi mumkin. Bunday qaror qabul qilish qiyin, lekin hamma narsa bo‘lishi mumkin», – deydi Morata.
2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 9 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/