Morata: «Chempionlik uchun kurashni davom ettirish uchun Madridda qolishga qaror qildim»

Madridning «Atletiko» klubi markaziy hujumchisi Alvaro Morata Saudiya Arabistoni chempionatiga muvaffaqiyatsiz o‘tishi haqida gapirdi.

«Faoliyatimni davom ettirish uchun bu variant haqida o‘ylamagan edim. Menda katta taklif bor edi, lekin ular OAVda yozganidek 50 million emas.

Ammo chempionlik uchun kurashni davom ettirish uchun Madridda qolishga qaror qildim. Men  Ispaniya terma jamoasidagi o‘rnimni yo‘qotishni xohlamadim», – dedi hujumchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter