Sautgeyt: «Slovakiyaga qarshi o‘yin eng qiyin sinov bo‘ladi»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevropa chempionati 1/8 finalida Slovakiyaga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sloveniya bilan o‘yinda biz to‘pni biroz balandroq qabul qildik va hujum zonasiga kirishdan oldin uni xotirjamroq nazorat qildik. Muammo shundaki, bir vaqtning o‘zida biz xohlagancha xavfli daqiqalarni yaratmadik.

Oldin sodir bo‘lgan hamma narsa endi ahamiyatsiz. Oldinga borish uchun bizda tayanadigan narsa bor, lekin ayni paytda bu yangi sinov, turnirning boshqa bosqichi turibdi. Bu yerdagi har bir o‘yin bir-biridan ajralib turadi va ba’zida kutilmagan burilish yasashi mumkin.

Slovakiya yuqori pressing qiladi va ishonchli himoya qiladi, shuning uchun siz bu bosimdan chiqib keta olishingiz kerak. Bu eng qiyin sinov bo‘ladi», – dedi Sautgey UYEFA matbuot xizmatiga.

Angliya – Slovakiya uchrashuvi 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter