Sautgeyt: «Bellingem ajoyib o‘yin ko‘rsatdi»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt 2024 yilgi Yevropa chempionati doirasida Serbiyaga qarshi kechagi o‘yinda yarim himoyachi Jud Bellingemning o‘yini haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«U ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va hal qiluvchi golni kiritdi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, o‘yin davomida hujumkor o‘yinchilarimiz xavf tug‘dirib, jamoaga foyda keltirishdi», – deydi murabbiy.

Angliya terma jamoasi 1:0 hisobida minimal g‘alabani tantana qildi. Bellingem birinchi bo‘limda gol urdi. Sautgeyt jamoasi navbatdagi o‘yinda Daniyaga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter