Kazemiroga allaqachon o‘rinbosar topib qo‘yilgan
«Fluminense»ning tayanch yarim himoyachisi Andre faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Jak Talbotning yozishicha, 22 yoshli futbolchini «qizil iblislar» o‘z safiga chorlamoqchi.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Andreda yaxshi istiqbolni ko‘rmoqda va u uzoq vaqt davomida jamoaning asosiy futbolchisiga aylana olishiga ishonmoqda. Xabar qilinishicha, klubning bu qarori kelajagi shubha ostida qolayotgan Kazemiro bilan bog‘liq.
Andrening Braziliya klubi bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/