Yevro-2024. Angliya guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqadimi?
Bugun Kyoln shahrida Angliya va Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevropa chempionati guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Angliya terma jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rindan turnirning 1/8 finaliga qanday vaziyatda chiqishi bilan sizni tanishtiramiz.
Bugungi kunga kelib, inglizlar 4 ochko bilan «C» guruhida birinchi o‘rinda bormoqda. Bu hatto uchinchi o‘rindan ham 1/8 finalga chiqish uchun yetarli bo‘ladi. Agar Angliya Sloveniyani mag‘lub etsa, guruhda birinchi o‘rinni kafolatlaydi. Agar durang natija qayd etilsa, inglizlar ikkinchi o‘rindan pastga tushmaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/