Klaudio Bravo Kopa Amerika tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi
Chililik darvozabon Klaudio Bravo Amerika Kubogi rekordini o‘rnatdi.
Faxriy futbolchi Amerika kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida Peruga qarshi o‘yinda terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi.
The Athletic xabariga ko‘ra, Bravo turnir tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi. Darvozabon hozir 41 yoshu 2 oylik. Avvalgi rekord Paolo Gerreroga tegishli edi (Peru, 40 yoshu 5 oy).
Klaudio Bravo deyarli 20 yil oldin 2004 yilning iyulida Chili terma jamoasida debyut qilgan. Bugungi o‘yin uning chililiklar safidagi 149-uchrashuvi bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/