«Bavariya» to‘purar hujumchi uchun kurashdan chiqdi

Seru Girassi «Bavariya»da o‘ynamaydi.

Myunxen jamoasi «Shtutgart» forvard uchun kurashni davom ettirishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sky Sports Deustchland.

28 yoshli futbolchi uchun da’vogarlar orasida “Chelsi”, “Milan”, “Arsenal” va Dortmundning “Borussiya” klublari qolmoqda. “Shtutgart” futbolchini saqlab qolishga umid qilmoqda.

Girassi bu masala ikki hafta ichida hal qilinishini istaydi. Uni 18,5 million yevroga sotib olishlari mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter