UEFA Yevro-2024’dagi hakamlar faoliyati bo‘yicha muhim xabarni e’lon qildi
UEFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Roberto Rosetti Yevropa chempionati boshlanishidan bir oy oldin ochiq xat yozdi. Unda hakamlar ishining murakkabligi qayd etilgan, ular har bir uchrashuvda 200-250 ga yaqin qaror qabul qilishadi.
UEFA asosiy qarorlar bo‘yicha tushuntirishlarga ochiq, ammo 22 nafar futbolchi hakam atrofida to‘plansa, konstruktiv muloqot imkonsiz.
Shu sababli, UEFA jamoalarni Yevro-2024’da faqat sardor yoki agar sardor darvozabon bo‘lsa, maydon tashqarisidagi o‘yinchilardan biri hakam bilan gaplasha olishini ta’minlashga chaqiradi.
Hakamlar sardorlarga qarorlarni tushuntirib berishadi. Agar sardor emas, boshqa o‘yinchi hakamga hurmatsizlik yoki kelishmovchilik belgilari bilan yaqinlashsa, u holda o‘sha futbolchi sariq kartochka oladi, deyiladi Rosetti maktubida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/