«Chelsi» hujumchisi «Monako»ga o‘tmaydigan bo‘ldi

Londonning «Chelsi» klubi markaziy hujumchisi Armando Broya katta ehtimol bilan «Monako»ga o‘tmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, fransuz klubi muzokaralarni boshlamagani uchun 22 yoshli albaniyalik futbolchi boshqa variantlarga e’tibor qaratishga qaror qilgan.

Broyaning Transfermarkt portalidagi bahosi 22 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter