«Chelsi» Chempionship klubidan markaziy himoyachi sotib olmoqchi

«Vest Bromvich» markaziy himoyachisi Sedrik Kipre yozgi transfer oynasida Londonning «Chelsi» klubi safiga qo‘shilishi mumkin, bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, poytaxt klubi futbolchini tekinga olmoqchi, chunki uning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi tugaydi. Kot-d’Ivuarlik futbolchiga Premyer-liga, Liga 1 va Bundesliga jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 26ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter