De Yong: «Maqsadim o‘zgarmadi»

«Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong o‘zining holati haqidagi savolga yana javob qaytardi.

“Mening maqsadim o‘zgarmadi – men Yevrodagi birinchi o‘yinda maydonga tushmoqchiman. Jarohat olganingizda, doimo bu haqda o‘ylaysiz. Yarim tunda uyg‘onganimda ham to‘pig‘imning o‘zini qanday his qilayotganini tekshiraman», – deya de Yong so‘zlarini keltiradi Diario AS.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter