De Yong: «Rolim o‘zgarmadi»

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong bu mavsumdagi roli o‘zgarmaganini aytdi. Gollandiyalik futbolchi o‘tgan yozda «Barselona»ni erkin agent sifatida tark etgan va «Inter Mayami»ga o‘tgan yarim himoyachi Serxio Busketsni almashtirmadi.

«Men Busketsni almashtirmadim, mening rolim o‘zgarmadi, hech narsa o‘zgarmadi. Ikki oy davomida jarohat oldim, shuning uchun jismonan menga qiyin bo‘ldi.

Ba’zi narsalarga ko‘nikish uchun vaqt kerak», – deya gollandiyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter