Angliya terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazadi
Angliya terma jamoasi Yevro-2024 ga tayyorgarlik ko‘rish uchun Bosniya va Gersegovina hamda Islandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Yevro-2024 saralashidan muvaffaqiyatli o‘tdi va Germaniyadagi turnirni 16 iyun kuni Serbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Yevro-2024 oldidan inglizlar ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi, bu esa bosh murabbiy Garet Sautgeytga uning qaydnomasi bo‘yicha qaror qabul qilishga yordam beradi.
BBC nashri xabariga ko‘ra, Angliya 3 iyun kuni «Sent-Jeyms Park»da bosniyaliklarni qabul qiladi, to‘rt kundan keyin esa «Uembli»da islandiyaliklarga qarshi maydonga tushadi.
Bosniya va Gersegovina hamda Islandiya terma jamoalari hali Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmadi, biroq buning uchun mart oyida boshlanadigan pley-off o‘yinlari orqali erishishga harakat qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/