Mbappe katta transferga muhim signallarni berdi

Kilian Mbappe «Real» libosini kiyishga tobora yaqinlashmoqda. 

Marca jurnalistlari 25 yoshli forvard ijtimoiy tarmoqlarda «PSJ»ga oid havolalarni olib tashlaganini payqashdi.

Mbappe avvalroq uning «Real»ga o‘tishi dushanba kuni kechqurun rasman e’lon qilinishini tan olgandi. Kilianning transferi tekin bo‘ladi, chunki uning «PSJ» bilan shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Mbappe parijliklar jamoasida yetti mavsum o‘ynadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter