«PSJ» Mbappe bonusining bir qismini olishni istamoqda

Kilian Mbappe «PSJ»ga yangi jamoasida bonusning bir qismini to‘lashi mumkin.

The Athletic xabariga ko‘ra, Parij klubi Mbappe shu yozda erkin agent sifatida ketsa, yo‘qotishlarning bir qismini qoplashini kutmoqda. «PSJ» forvard bilan kelishuvga erishmoqchi, unga ko‘ra u klubga bonusning bir qismini to‘laydi.

Avvalroq Mbappe 80 million yevrolik sodiqlik bonusidan ham bosh tortgandi.

«Real Madrid» Mbappe faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy variant sifatida ko‘rilmoqda, biroq ayni damda madridliklar bilan kelishuv haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter