«Atletiko» Feliksning “Barselona”ga ijara muddatini uzaytirishga rozi

Xansi Flik Joau Feliksning yangi mavsumda ham klubda qolishini istamoqda, deya xabar beradi Diario Sport Kengashning fikri ham xuddi shunday ular portugaliyalikni saqlab qolishni istashmoqda.

Portugaliyalik futbolchi ham «Barselona»da o‘ynashni davom ettirishga umid qilmoqda va bu haqda «Atletiko Madrid»ni xabardor qilgan. U boshqa variantlarni hisobga olmaydi.

«Atletiko» Feliksni keyingi mavsum uchun Kataloniyaga qo‘yib yuborishga og‘zaki rozi bo‘ldi. Yangi shartnoma avvalgisini takrorlaydi: faqat sotib olish huquqisiz ijaraga.

Bu yerda muammo shundaki, «Barselona» ijarani uzaytirish bo‘yicha maosh chegarasini o‘zgartirishi kerak. Biroq, Diyego Simeone va Joau ham kutishga tayyor

Forvard 2023/24 yilgi mavsumda kataloniyaliklar safida La Liganing 30 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter