«Bavariya» sobiq hujumchisini qaytarishi mumkin
Joshua Zirkzee «Bavariya»ga qaytishi mumkin.
Fusball.news xabariga ko‘ra, myunxenliklar hujumchini qaytarish haqida o‘ylamoqda. Buning uchun nemis klubi «Bolonya»ga 20 milliondan 25 million yevrogacha to‘lashi kerak bo‘ladi.
«Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani 23 yoshli niderlandiyalik futbolchini yaxshi biladi.
Joriy mavsumda futbolchi A Seriyada 11 ta gol urdi.
Manba: sports.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/