Paketa: «Ayblovlarni butunlay rad etaman»
«Vest Xem» va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas Paketa Angliya futbol assosiasiyasining (FA) unga tikilgan pul tikish borasida qo‘yilgan ayblovlariga javob berdi.
«FA menga qarshi ayblov e’lon qilishga qaror qilganidan juda hayratdaman va xafaman. To‘qqiz oy davomida men ular bilan tergovning har bir bosqichida hamkorlik qildim va barcha ma’lumotlarni taqdim qildim.
Men ayblovlarni butunlay rad etaman va ismimni oqlash uchun oxirgi nafasimgacha kurashaman.
Hozirgi jarayonni inobatga olgan holda, mendan bu mavzu bo‘yicha boshqa izohlar bo‘lmaydi», – dedi Paketa.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/