A Seriyaning may oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

«Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriyada may oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini oldi.

66 yoshli mutaxassis qo‘l ostida bergamoliklar uchta o‘yin o‘tkazib, uchta g‘alabaga erishdi: «Salernitana» (2:1), «Roma» (2:1) va «Lechche» (2:0).

Italiyalik mutaxassis 2016 yilning iyunida «Atalanta»ni qabul qilib olgandi. Gasperinining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter