Liga1’da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

“Brest” yarim himoyachisi Pyer Le Melu Fransiya chempionatida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U ovoz yig‘ishda «Marsel» vakili Pyer-Emerik Obameyang va «Lill» hujumchisi Jonatan Devidni ortda qoldirdi.

30 yoshida u birinchi marta Liga 1 oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sovrin yaratilgan 2003/04 yilgi mavsumdan buyon ilk bor «Brest» futbolchisi uni qo‘lga kiritdi.

Fevral oyida Le Melu «Brest»ga 4 uchrashuvda ikkita g‘alaba va ikkita durangga erishishiga yordam berdi. U ikkita gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter