«Monako» gruziyalik futbolchiga qiziqqan

«Monako» Vissam Ben Yedderni Jorj Mikautadze bilan almashtirmoqchi.

Klub ayni damda 33 yoshli hujumchiga o‘rinbosar qidirmoqda va u bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Gruziya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi bu lavozim uchun ustuvor variant hisoblanadi. «Monako» allaqachon futbolchining atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va tomonlar yaqinda yig‘ilish o‘tkazishgan.

Mikautadze o‘tgan mavsumni «Mes»da o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter