De Dzerbi o‘zi boshqarishni orzu qilgan Premer-liga klubini tanladi

Dam olish kunlarida Roberto de Dzerbi «Brayton» murabbiyi sifatida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Endi italiyalik mutaxassis kuchliroq jamoaga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Alfredo Pedullaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, De Dzerbining orzusi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lish.

May oyi oxirida “Manchester Yunayted” Erik ten Xag bilan xayrlashishi mumkin. Matbuot “qizil iblislar” Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda ham niderlandiyalikni iste’foga chiqarilishini yozgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter