De Dzerbi: «Brayton» «Roma»ni yirik hisobda mag‘lub etishi mumkin edi»

«Brayton» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi Yevropa ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida «Roma» ustidan qozonilgan minimal g‘alaba (1:0) haqida gapirdi. Umumiy hisobda rimliklar 4:1 hisobida inglizlardan kuchliroq edi.

“Men yigitlarim bilan faxrlanaman, ular o‘zlarining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatishdi. «Brayton» yirik hisobda g‘alaba qozonish uchun o‘ynadi. Ko‘p golli vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo yakunda biroz omadimiz kelmadi. Yigitlarimga faqat rahmat aytishim mumkin», – deydi italiyalik.

Rim klubining navbatdagi raqibi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter