De Dzerbi: «Bu «Brayton»ning eng yomon o‘yini bo‘ldi»
Roberto De Dzerbining aytishicha, «Brayton» uning boshchiligidagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi.
Jamoa APL doirasidagi o‘yinda «Bornmut»ni mag‘lub etdi (3:1).
«Bu men jamoani boshqarganimdan beri eng yomon o‘yin bo‘ldi. Ikki-uchta vaziyatda bizga omad kulib boqdi.
Bu bizning klub yevrokuboklarda o‘ynaganidan keyin birinchi marta o‘yin o‘tkazdi.
Demak, biz ketma-ket ko‘p o‘yin o‘ynashga ko‘nikishimiz kerak. Men tarkibni o‘zgartirdim, ko‘plab o‘yinchilarni almashtirdim, chunki futbolchilarga dam berishim kerak.
Biz bunga moslashishimiz kerak. Biz unchalik yaxshi o‘ynamadik, lekin xarakter ko‘rsatdik.
Tanaffusda jamoa bilan gaplashib, o‘yinga bunday munosabat yetarli emas degan qarorga keldik. Biz ko‘proq va shiddat bilan hujum qilishimiz kerak”, – dedi “Brayton” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi.
«Brayton» Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/