Pochettino o‘z iste’fosiga munosabat bildirdi

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino London jamoasidan ketishi haqida fikr bildirdi.

21 may, seshanba kuni “ko‘klar” rahbariyati 52 yoshli argentinalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qilganini ma’lum qildi.

«Chelsi» xo‘jayinlari va sport direktorlariga ushbu futbol klubi tarixining bir qismiga aylanish imkoniyati uchun rahmat. Klub kelasi yillarda Premyer-liga va yevrokuboklarda oldinga siljishda davom etishi uchun yaxshi holatda», – deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.

Pochettino «Chelsi»ni 2023 yilning iyulidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 27 marta g‘alaba qozongan, 10 marta durang o‘ynagan va 14 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter