Pochettino Jeksonni Drogba bilan solishtirmaslikka chaqirdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tanqid qilinayotgan Nikolas Jeksonni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Argentinalik mutaxassis klub tarixidagi turli davrlarni ajratib, Jeksonni Didye Drogba bilan solishtirmaslikka chaqirdi.

“Agar siz Jeksonni Drogba bilan solishtirsangiz, ha, u doim yutqazadi. Lekin biz klub tarixini Jeksonning o‘yinidan ajratishimiz kerak. Men uni gol ura olmagan o‘sha daqiqalarda ham to‘liq qo‘llab-quvvatlayman», dedi Pochettino dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.

«Chelsi» Angliya chempionati doirasidagi navbatdagi o‘yinini 23 aprel, seshanba kuni «Arsenal»ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter