«Manchester Yunayted» yulduzi Yevro-2024’ga bormaydi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford 2024 yilgi Yevropa chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilmaydi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevro-2024 uchun chaqiradigan futbolchilar ro‘yxati tez orada e’lon qilinadi.

Joriy mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter