«Milan» Jiruga o‘rinbosar topdi

Hammasi Olivye Jiruning joriy mavsum oxirida «Milan»ni tark etishi tomon ketmoqda.

A Seriya giganti hujum chizig‘iga yoshroq futbolchini qo‘shib olmoqchi.

Relevo xabariga ko‘ra, «rossonerilar» 37 yoshli Jiruning o‘rniga Joshua Zirkzee variantini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, Zirkzeening amaldagi shartnomasida 40 million yevroga sotib olish varianti mavjud.

Aytish joizki, so‘nggi paytlarda 22 yoshli Zirkzee mish-mishlar tufayli ko‘plab klublar bilan bog‘lanib qolgan.

Shu bilan birga, «Bolonya» qishda forvardni qo‘yib yubormaslikka qaror qildi.

Transfermarkt portali futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter