«Barselona» Alonsoning o‘rniga o‘rinbosar topdi

Himoyachi Markos Alonso yaqin kelajakda «Barselona»ni tark etishi mumkin, Kataloniya klubi transfer bozorida chap qanot himoyachisi qidiradi.

TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, «Betis» futbolchisi Xuan Miranda «ko‘k-anorranglilar»ning nishonida.

23 yoshli Miranda «Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Boz ustiga, Kataloniya klubi futbolchining keyingi transfer narxining 50 foizini o‘zida saqlab qoldi. Shu bilan birga, «ko‘k-anorranglilar» Mirandani kelasi yozda tekinga sotib olishlari mumkin, chunki uning «Betis» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar o‘sha vaqtgacha himoyachi shartnomasini uzaytirsa, shartnoma 10 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter