«Milan»ga murabbiy bo‘lishi kutilayotgan mutaxassis «Lill»dan ketadi

«Lill» bosh murabbiyi Paulu Fonseka o‘z lavozimini tark etadi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 51 yoshli portugaliyalik mutaxassis ketishini e’lon qilishdan oldin tez orada klub rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazadi.

Fonseka 2022 yildan buyon «itlar» boshqaruvida ishlamoqda. Uning qo‘l ostida jamoa joriy mavsumda Fransiya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Manba: sport-express.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter