Fonseka: «Rimda baxtli edim»

Portugaliyalik murabbiy Paulu Fonseka asosan o‘z vatanida ishlagan, biroq u Ukrainaning «Shaxtyor» klubida va ikki yil Italiyaning «Roma»sida ham tajribaga ega. Aynan Italiya poytaxtidagi yillar u professional murabbiylik faoliyatidagi eng baxtli yillar deb hisoblaydi.

«Rimda juda baxtli edim. Gap nafaqat futbol, balki shaharning o‘zi haqida ham bor, men u yerda ikki ajoyib yilni o‘tkazdim. Rim mening qalbimda abadiy qoladi va chin dildan “Roma”ga g‘alabalar tilayman”, – deya Fonseka so‘zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress agentligi.

Hozir portugaliyalik mutaxassis Fransiyaning “Lill” jamoasini boshqarmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter